BMW zararli chiqindilar nazorati tizimining mos emasligi sababli 11,7 mingta dizel avtomobilini chaqirib olishni boshladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avvalroq Myunxen prokuraturasi BMW’ning o‘z dizel dvigatelli avtomobillarida chiqindi gazlarni tozalash tizimini manipulyatsiya qilgani haqidagi xabarni tekshirishni boshlagan. Aniq bo‘lishicha, 12 mingta avtomobilga mos kelmaydigan dasturiy ta’minot o‘rnatilgan. Kompaniya rasmiylarning sozlangan dasturiy ta’minotni o‘rnatishga ruxsatini kutgan.
Xabar berilishicha, chaqirib olinadigan avtomobillar qatoriga azot ikki oksidini juda ko‘p ajratib chiqaradigan beshinchi va yettinchi avlod avtomobillari kiradi.
Qayd etilishicha, dasturiy ta’minotni yangilash ma’qullangan va bu haqda avtomobillar egalari xabardor qilingan.
Mashinalarning chaqirib olinishi konsern uchun katta muvaffaqiyatsizlik bo‘lgan, chunki raqobatchilardan farqli ravishda bu avtomobillar yuqori texnik standartlarga ega bo‘lgan, raqobatchilarning avtomobillari esa sinovlarda yaxshiroq natijalar ko‘rsatgan.
Izoh (0)