Qoraqalpog‘istonda “Bilimsiz va dangasa insonning jamiyatdagi o‘rni” deb nomlangan yodgorlik paydo bo‘ldi. Bu haqda “Kruz.uz” xabar berdi.
Yodgorlik Qanliko‘l tumanidagi “Baxtli” istirohat bog‘iga o‘rnatildi.
“Unda yuzaga kelgan ozgina muammolar oldida bosh egib, hech qanday maqsadga intilmaydigan, kitob o‘qimaydigan, mehnat qilishni xohlamaydigan, beparvo insonlarning xalq va jamiyatda egallagan o‘rni aks ettirilgan. Bunday insonning o‘rni faqat bo‘shliq”, — deyiladi xabarda.
Yodgorlikni o‘rnatishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad yoshlarni kitob o‘qish, bilim olish, hayotda uchragan muammolarni mardona yengib o‘tish, mehnat qilish orqali jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topishga intilish tuyg‘ularini shakllantirishdan iboratligi bildirilmoqda.
Izoh (0)