Toshkent shahrining Bektemir tumanida 21-iyun kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi E.J. mast holda Suvsoz dahasida joylashgan 3-sonli IIB binosi oldida shu dahada yashovchi V.K. bilan janjallashadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Chaqiruv asosida voqea joyiga kelgan Bektemir tuman IIB tezkor vakili, leytenant Sh.S. fuqaro E.J.ni tartibga chaqirgan vaqtida u xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, qarshilik ko‘rsatib, urib, jarohat yetkazdi.
Natijada leytenant Sh.S. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)