Turkmanistonning shimoli-sharqida joylashgan Dashoguz viloyati Guliston qishlog‘ida yashovchhi Zarifboy Matyoqubovning hovlisida faqat juft meva tugadigan o‘rik daraxti o‘sadi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri xabar bermoqda.
“Zarifboy akaning hovlisida bo‘lganimizda qo‘sh o‘rik tugadigan daraxtni ko‘rib hayron qoldik. Hali bunaqasini hech kim ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Daraxtdagi barcha o‘rikning egizagi bor. Bitta ham alohida o‘rik yo‘q. Barcha o‘riklar o‘z jufti bilan yaratilgan. Bu tabiatning haqiqiy mo‘jizasi bo‘lsa kerak”, — deb yozadi “Daryo” mobil muxbiri.
Izoh (0)