NATO mamlakatlari va alyans ittifoqchilarining Estoniya hududidagi Saber Strike 2018 xalqaro o‘quv mashg‘ulotlari yakun topdi. Bu haqda respublika mudofaa kuchlari matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Saber Strike AQShning Yevropa quruqlikdagi qo‘shinlari tomonidan har yili o‘tkaziladigan yirik ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlaridir. Joriy yilda Estoniya, Latviya, Litva va Polshadagi o‘quv mashg‘ulotlarida jami 18 mingga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari 3-iyundan 15-iyunga qadar davom etib, Estoniyada ularga ikki mingdan ortiq Estoniya mudofaa kuchlari harbiy xizmatchisi, shuningdek NATO mamlakatlari harbiylari jalb etilgan edi.
Mashg‘ulotlar davomida yerdagi kuchlarni F-16 qiruvchi samolyotlari, B-1B strategik bombardimonchi samolyotlari, AQSh HHK A-10 shturm samolyotlari, Britaniyaning Wildcat vertolyotlari va Estoniya mudofaa kuchlarining Robinson R-44 vertolyotlari havodan qo‘llab-quvvatladi.
Izoh (0)