Yevropa Ittifoqi NATO barcha a’zolarining xavfsizlik sohasidagi o‘zaro hamkorlik darajasini oshirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarda yetarli darajada ishtirok etishiga umid qiladi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Yevropa Ittifoqi mudofaa loyihalarining moliyalashtirilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
AQSh prezident Donald Trampning iqlim bo‘yicha kelishuv, Eron yadro bitimidan chiqish haqidagi qarorlari fonida alyansni tark etish xavfi bor-yo‘qligi haqidagi savolga Mogerini shunday javob qaytardi.
“AQSh nomidan ham, NATO nomidan ham gapira olmayman”, — deya javob qaytardi Mogerini.
“Sizga shuni ma’lum qilishim mumkin: Yevropa Ittifoqi ishtirokchisi bo‘lgan NATOga kiruvchi mamlakatlar alyansga katta e’tibor qaratmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.
“NATO doirasidagi qolgan barcha ittifoqchilardan ham xuddi shunday investitsiyalar darajasi, xuddi shunday siyosiy ishtirok darajasi ifoda etilishiga har doim umid qilamiz”, — deya xulosa qildi Mogerini.
Izoh (0)