“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi 2017-yilda aviasayohatchilar fikriga ko‘ra, yeguliklari sifati bo‘yicha MDH hududidagi eng yaxshi aviakompaniya bo‘ldi, deb yozadi “SNG.fm”. Facebook foydalanuvchilaridan biri 2018-yilda ushbu aviakompaniya samolyotida parvoz qilib, yo‘lovchilarga qanday oziq-ovqatlar berilishini kadrga muhrladi.
Birinchi bo‘lib yaxna yegulik (zakuska) tortildi — yer yong‘oq, suv, choy yoki qahva. Asosiy taomnoma esa video muallifini hayron qoldirdi: 13 xil nomdagi taom va souslar berildi. Ular orasida sabzavotli salat, pishloq va kolbasa, non, somsa, turshak va bodom, murabbo va asosiy taom: guruch va kotlet bor edi.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, parvoz 6 soatdan ko‘proq davom etsa, ikki marta shunday ovqat tortiladi. Yakunda u samolyotga och holda chiqishni maslahat berdi.
https://www.facebook.com/sng.today/videos/663048350705680/?t=22
Izoh (0)