KXDR yetakchisi Kim Chen In uchun oziq-ovqat mahsulotlari yuklangan Shimoliy Koreya yuk samolyoti 10-iyun, yakshanba kuni Singapur aeroportiga yetib keladi. Bu haqda “Sputnik O‘zbekiston” xabar bermoqda.
12-iyun kuni Singapurda AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Mahsulotlar Changi aeroportidan Shimoliy Koreya yetakchisi joylashgan joyga tez buziluvchi mahsulotlar tashish uchun mo‘ljallangan muzlatkichli avtomobillarda yetkaziladi.
Izoh (0)