Birlashgan Arab Amirliklarida avtomobilga yoqilg‘i quyish stansiyasidagi bankomatda unutib qoldirilgan 3000 dirham pulni egasiga qaytargan erkak Dubay politsiyasi hurmatiga sazovor bo‘ldi, deb yozadi UAE Inside.
Bankomatda qolib ketgan pulni ko‘rgach, 33 yoshli Umar Abdulloh al-Danxoniy yoqilg‘i quyish stansiyasi ishchisidan kuzatuv kamerasi qaydlarini ko‘rsatishni so‘ragan. U orqali avtomobilning raqam belgisini aniqlab, Dubay politsiyasiga qo‘ng‘iroq qilgan.
Politsiyachilar avtomobil egasining telefon raqamini qidirib topib, uni unutib qoldirilgan pul haqida xabardor qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, erkak tig‘iz paytgacha uyiga yetib olishga shoshgan.
Dubay politsiyasi al-Danxoniyga halolligi uchun hurmat bajo keltirdi va pulni o‘z egasiga qaytarishdek sharafli ishni unga topshirdi.
Izoh (0)