“Tolibon” harakati Afg‘onston rasmiylarining Ramazon oyi yakuni va hayit bayrami munosabati bilan uch kunlik sulh taklifini qabul qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Barcha mujohidlarga Ramazon hayiti bayramining ilk uch kunida afg‘on kuchlariga qarshi hujum operatsiyalarini to‘xtatish haqida ko‘rsatma berilgan”, — deya ma’lum qildi guruh vakillari.
Shu bilan birga, “Tolibon” rahbariyati sulh “xorijiy bosqinchilar”ga taalluqli emasligini bildirdi.
Izoh (0)