AQSh prezidenti Donald Tramp G7 yetakchilari sammiti yakuniy kommyunikesini imzolashdan bosh tortdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bunga Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning matbuot anjumanidagi bayonotlari sabab bo‘lgani bildirilmoqda.
“Jastinning matbuot anjumanidagi adolatsiz da’volari, shuningdek, Kanada AQSh fermerlari, ishchilari va kompaniyalariga nisbatan katta tariflar belgilayotgani, avtomobillarga tariflar tufayli bozorlarimiz to‘lib ketganidan kelib chiqib, vakillarimizga kommyunikeni tasdiqlamaslikni tayinladim”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Izoh (0)