Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas G7 sammiti kommyunikesini imzolashdan bosh tortgan AQSh prezidenti Donald Trampning Twitter’dagi oxirgi fikrlariga javoban Yevropa unga qarshi birlashib, o‘z manfaatlarini himoya qilishi lozimligini bildirdi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Oldinroq Tramp kommyunikeni imzolashdan bosh tortgani va bu jiddiy shovshuvga sabab bo‘lgani bildirilgan edi.
Bunga Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning matbuot anjumanidagi bayonotlari sabab bo‘lgani bildirilmoqda.
“Jastinning matbuot anjumanidagi adolatsiz da’volari, shuningdek, Kanada AQSh fermerlari, ishchilari va kompaniyalariga nisbatan katta tariflar belgilayotgani, avtomobillarga tariflar tufayli bozorlarimiz to‘lib ketganidan kelib chiqib, vakillarimizga kommyunikeni tasdiqlamaslikni tayinladim”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
“Bitta tvit juda ko‘p ishonchli barbod qilishi mumkin, — deb yozdi bunga javoban Xayko Maas. — Yevroittifoq birlashishi muhim. Birlashgan Yevropa — ‘Amerika har narsadan ustun’ (shioriga) javob”.
Izoh (0)