AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo vaziyat diplomatik yo‘l bilan hal bo‘lmasa, Shimoliy Koreyaga nisbatan bosimning kuchaytirilishini ma’lum qilgan. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Pompeoning so‘zlariga qaraganda, KXDR Koreya yarimorolini yadrosizlantirishga (denuklearizatsiya) kirishmasa, mamlakatga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar amal qilishda davom etadi.
Shuningdek, diplomatik yo‘l kutilgan natijalarni bermasa, AQShning Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalari kengaytirilishi ma’lum qilingan.
Avvalroq, Pompeo AQSh prezidenti Donald Tramp KXDRga xavfsizlikni kafolatlashga tayyor ekanini e’lon qilgan.
3-iyun, yakshanba kuni Pentagon rahbari Jeyms Mettis KXDR yarimorolni yadrosizlantirishni boshlasagina, xalqaro hamjamiyat bosimni kamaytirishini aytgan.
Izoh (0)