Yuk tashuvchi poyezd Xitoydan Markaziy Osiyoning 5 ta mamlakatiga o‘zining birinchi reysini amalga oshirdi. Bu haqda Xitoyning CGTN telekanaliga tayanib, KNews xabar berdi.
43 ta vagonli tarkib haftada bitta reysni amalga oshiradi.
Xenan viloyatining Sinsyan okrugidan yo‘lga chiqadigan poyezd Tayyuan, Inchuan, Chjunvey, Uvey va Urumchi shaharlaridan o‘tadi. “Do‘stlik” nazorat punktida poyezd Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tadi, shundan keyin Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistonga yo‘l oladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlariga poyezd mexanik qurilmalar, rezina mahsulotlari, olovga bardoshli materiallar olib kelib, qaytishda turli xil xomashyo olib ketadi. Yuk tashuvchi poyezd “Bir makon — bir yo‘l” loyihasining bir qismi hisoblanadi. Yo‘nalish bo‘yicha bir yillik tashiladigan yuk hajmi 150-200 ming tonnani tashkil qiladi.
Izoh (0)