Niger janubi-sharqida xudkush terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan teraktlar oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va qirqqa yaqin odam jarohatlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hujumlar Nigeriya chegarasidagi Diffa viloyatining shu nomli ma’muriy markazida amalga oshirildi. Uch terrorchi, shu jumladan, ikki ayol, shahardagi madrasa yaqinida o‘zlarini navbatma-navbat portlatib yubordi.
Hozirda shahardagi maktab va bozorlar yopiqligicha qolmoqda, ko‘chalarda xavfsizlik otryadlari patrul o‘tkazmoqda.
Izoh (0)