Urganch xalqaro aeroporti “MDH dagi eng yaxshi aeroport” tanlovida 2017-yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha “Aeroport rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Urganch xalqaro aeroporti matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
“Aeroport” fuqarolik aviatsiyasi assotsiatsiyasi tomonidan har yili tashkil etiladigan tanlovda Urganch aeroporti 2012-yildan buyon ishtirok etadi. Aeroport 2012—2014-yillarda – “Ishlab chiqarish rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun”, 2015-yili — “MDH davlatlaridagi eng yaxshi aeroport”, 2016-yilda — “Shiddat bilan rivojlanayotgan aeroport” va “Turizm rivojiga qo‘shgan katta hissasi uchun” kabi nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan.
Aeroport jamoasi Assotsiatsiyaning Kubogi va faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
2017-yili Urganch xalqaro aeroportida 1567 ta qatnov amalga oshirildi. Aeroportda 282136 nafar yo‘lovchi, shu jumladan, 43848 nafar xorijiy sayyohga xizmat ko‘rsatildi. Shuningdek, 16649 tonna yuk, 11,141 tonna pochta va 14,305 tonna pullik bagaj jo‘natildi.
Izoh (0)