BMT bosh kotibining inson xavfsizligi masalalari bo‘yicha maxsus maslahatchisi Yukio Takasu ikki xalqaro tadbirda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda, BMT taraqqiyot dasturiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
BMT vakili “Atrof muhit muhofazasi va barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlikni mustakamlash” mavzuidagi Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumida (5−8-iyun) hamda “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha qo‘shma harakatlar: yangi yondashuvlar, innovatsion yechimlar, investitsiyalar” (8-iyun) mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.
Tashrif doirasida, shuningdek, Yukio Takasu 7-iyun kuni Orolbo‘yi mintaqasiga safar uyushtiradi va u yerda ekologik vaziyat bilan tanishadi, shuningdek, mahalliy aholi bilan muloqot qiladi.
Izoh (0)