Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Termiz shahrida Surxondaryo viloyatining investitsiya, eksport va turizm salohiyatini namoyish etishga bag‘ishlangan “Ochiq Janub” deb nomlangan xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 160dan ortiq ishbilarmon doira vakillari, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari, chet el vakolatxonalari xodimlari ishtirok etayotgan anjumanning tantanali ochilish marosimida qadimdan Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Surxon vohasining jahon sivilizatsiyasi tarixida muhim o‘ringa ega ekani ta’kidlandi.

130 ming yillik tarixga ega, neandertal odam bolasining bosh suyagi topilgan Boysun tog‘idagi “Teshiktosh” g‘ori insoniyatning ilk manzilgohi sifatida e’tirof etilgan. Sherobod tumanining Zarautsoy qoyalaridagi inson va tabiat bilan bog‘liq minglab tasvirlar (petrogliflar) bu zamin qadimdan madaniyat va san’at o‘chog‘i ekanligidan dalolat beradi. Dalvarzintepa yodgorligida Kushon imperatori Vima Kadfuzning muhri topilgani ham mamlakat davlatchilik tarixida o‘ziga xos o‘rin tutish bilan birga bu yer qadimdan yirik savdo-sotiq markazi bo‘lganiga yaqqol misol. Sopollitepa, Fayoztepa, Dalvarzintepa, Qoratepadagi tarixiy yodgorliklar boy o‘tmishdan guvohlik beradi.

Termiz shahridagi Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Arxeologiya muzeyidan o‘rin olgan yuz mingdan ortiq noyob eksponat dunyo ahlida bu yurtning o‘tmishi va bugungi taraqqiyot bosqichiga katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Hakim Termiziy, Iso Termiziy kabi buyuk allomalarga beshik bo‘lgan viloyatda 400 dan ortiq tarixiy obida, moddiy va madaniy meros obyektlari mavjud. Bu viloyatning ziyorat turizmini rivojlantirishda muhim omil sanaladi. Sangardak sharsharasi, “O‘rinbuloq”, “Poshhurt”, “Sayrob” “Xo‘jasoat”, “Omonxona” kabi shifobaxsh buloqlari va sihatgohlari tabiat hamda tibbiyot turizmini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Biznes-forumda qator vazirlik va qo‘mitalar O‘zbekistonning sayyohlik, investitsiyaviy, eksport salohiyati yuzasidan taqdimotlarini o‘tkazdi. Shuningdek, Surxondaryo viloyatining investitsiya va sayyohlik salohiyati taqdim etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Telegram’da kriptovalyuta savdosi va ularni saqlash vositalari bo‘ladi” — Durov
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 154 kishida koronavirus qayd etildi
Sport
JCH—2022 da nimchorak finalning to‘rtta juftligi aniqlandi