• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda Astronomiya instituti bog‘idagi xaroba kulbalarda ancha yillardan buyon olimlar yashab kelmoqda

    O‘zA Toshkentdagi Astronomiya instituti bog‘ida qurib berilgan kulbalarda ancha yillardan buyon yashab kelayotgan astronomiya olimlari haqida maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qirq yil umrini astronomiya ilmiga bag‘ishlagan fan doktori, professorning xonadonini qanday tasavvur qilasiz? Mashina va dang‘illama hovlimi? Agar shunday, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz yanglishdingiz. Bugun biz kulbalarda yashayotgan falak ilmi asoschisi Mirzo Ulug‘bekning izdoshlari xonadonida bo‘ldik. Yana bu kulba uylar buzilish arafasida, ammo u yerda istiqomat qilayotgan fan arboblari qayerga ko‘chishlaridan bexabarlar...

     Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biri, qimmat uylar qurilib kelayotgan bir joyda tarixi Ikkinchi jahon urushidan avvalgi yillarga borib taqaluvchi Astronomiya ko‘chasida Astronomiya instituti joylashgan. Astronomiya instituti bog‘ida tadqiqot olib borgan
    fizika-matematika fanlari nomzodi  Oktyabr Tursunov;
    fizika fanlari nomzodi Abdusalom Latipov;
    fizika fanlari nomzodi Klavdiya Kulesheva;
    fizika-matematika fanlari nomzodi Abdug‘afur Rahimov;
    fizika-matematika fanlari doktori Abdumalik Rahimov;
    fizika-matematika fanlari doktori, professor Mamnun Zakirov kabi fan arboblari kecha-yu kunduz ishlaganlari bois ular uchun davlat tomonidan shu bog‘ning o‘ziga kulbalar qurib berilgan. Kulbalarda hammom va hojatxonalari yashash joyidan tashqarida bo‘lgan va ortiqcha qurilish qilish taqiqlangan. Olimlar kulbalarda oilasi bilan yashab, shu sharoitga rozi bo‘lgan holda ishlaganlar, kechasi yulduzlarni tadbiq qilganlar. Hozirda ham astronomiya ilmi arboblari shu bog‘da, o‘sha sharoitda yashab kelishmoqda. Astronomiya bog‘iga jiddiy zarar yetkazmaslik uchun, uning hududida yashayotgan aholi uylarini devor bilan ajratish, kanalizatsiya quvurlari o‘tkazish va boshqa jiddiy qurilishlarga ruxsat etilmagan. Fan arboblari, tabiatni yovvoyi saqlagan holda yashab kelganlar. Biroq bu qonunlar bilishimizcha nima uchundir barchaga barobar emasdek ko‘rinadi. Ilm egalari tang ahvolda-yu, astronomiya bog‘ining ma’lum hududini o‘zlashtirganlar qasrlar qurishga ham erishganlar.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Xalq mulki daxlsiz edi...

    Astronomiya instituti qisqa xronologiyasi:
    1994-yil Astronomiya instituti hududining ma’lum qismi kelishuvlar asosida katta mablag‘ga sotila boshlaydi. Ozod Sharofiddinovning “Xalq mulki daxlsizdir” maqolasidan keyin, bunga barham beriladi.
    Taxminan 2000-yillarda Astronomiya instituti bog‘i ichidagi Vladimir Shiglov uy-muzeyi sotib yuboriladi.
    2005-yilda institut hovlisi ilm-fan arboblariga uylari noqonuniyligi aytilib tahdid qilinadi. Institut aholisi Prezidentga va prokuratura organlariga murojaat qilib, uylarini va institut bog‘ini saqlab qolishga erishadilar.
    2017-yil, 14-sentabrda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilinadi.
    Unga ko‘ra mazkur hududda “Astronomiya va aeronavtika” bog‘i va Planetariy hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Xalq ta’limi vazirligining Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti qoshida 200 o‘quvchi o‘rni va 150 o‘rinli turar joyiga ega bo‘lgan, matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini tashkil etish ko‘zda tutiladi.
    Shuningdek, Toshkent shahar hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda bir oy muddat ichida Astronomiya instituti hududida maktab-internat binosi va o‘quvchilar turar joyini qurish uchun joy ajratish buyuriladi.
    Qarordan so‘ng astronomiya instituti hududida keng ko‘lamli qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Uylari oldidagi katta qurilish ishlaridan noqulay ahvolda qolgan aholi bir necha bor tuman, shahar hokimiyatiga va Xalq qabulxonalariga murojaat qiladilar. Shundan so‘ng 2018-yil fevral oyida Yunusobod tuman hokimiyati qurilish orasida odamlar yashayotganini yodga olib, xonadon egalariga uylari buzilishi haqida ogohlantirish xati yuboradi. Unda, tez orada komissiya tuzilib, ularga uy ajratilishi aytiladi. Ammo, mana 3 oy muddat o‘tganiga qaramasdan loy yo‘llar, kranlar, chang-to‘zonlar orasida butun umrini falak ilmiga bag‘ishlagan olimlar va ularning avlodlari yashab kelishmoqda. Qurilish ko‘lamiga ko‘ra u yerga yaqin joylashgan oila xavfsizligiga kafolat berish qiyin. Shunga qaramasdan, astronomiya va astronavtika bog‘i qurilmoqda-yu, uning fidoyilari nochor ahvolda qolmoqdalar.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    “Ushbu hududda qimmat uylar quriladi deb qo‘rqar edik. Chunki, “Astronomiya 33”, shahar markazida joylashgan va atrofimizda metr kvadrati salkam 2 ming AQSh dollariga teng uylar qurilib kelinmoqda. Mamlakatimiz Prezidentining 2017.09.14 sanasidagi qarorini ko‘rib behad xursand bo‘ldik. Institut “Astronomiya va aeronavtika” bog‘i va Planetariyga aylanishi, bu tarixiy joyga e’tibor qaratilib uni yangilanishini eshitib ko‘nglimiz joyiga tushdi. Uylarimiz o‘rni planetariyga aylantirilar ekan uni bajonidil bo‘shatib beramiz. Lekin, avval bizni boshqa joyga ko‘chirib, keyin qurilish ishlarini boshlashsa yaxshi bo‘lar edi. Qurilish ishlari allaqachon boshlanganiga qaramasdan bizni ko‘chirishgani yo‘q. Yashash uchun xavfli bo‘lgan joyda istiqomat qilib kelmoqdamiz. Yog‘ingarchilik vaqtida, loyli ko‘chalar va katta mashinalar sabab, uylarimizdan tashqariga chiqolmay qoldik. Bu yerda go‘yo aholi yo‘qdek, ishlar olib borilmoqda”, deydi Astronomiya instituti hovlisida yashovchi astronomiya-fizika fan doktori, professor Mamnun Zakirov.

    Befoyda murojaatlar

    Astronomiya bog‘ida qurilish ishlari avjiga chiqqach, aholi iltimos bilan tuman va shahar hokimliklariga bir necha bora murojaat qilgan. Tuman hokimligidagi mutasaddilardan “Sizni qayerga ko‘chirishni o‘ylayapmiz”, degan javobni olishgan.
    — Ular o‘ylaguncha biz qurilish ichida yashayveramizmi? Qurilish ishlari sabab, uch kunlab, elektr tokini uzib qo‘yishadi, gohida suv bo‘lmaydi. Aslida hovlilarimizda shu vaqtgacha na issiq suv va na kanalizatsiya bo‘lgan. Astronomiya bog‘iga zarar yetkazmaslik uchun, uylarimizga kanalizatsiya quvurlarini o‘tkazmaganmiz. Bunga rozi ham bo‘lganmiz. Umrimizni astronomiya tadqiqotlari uchun bag‘ishladik. Endi esa bizni ko‘chirishga mablag‘ yo‘q emish. Unda uylarimizni qurilish ishlaridan muhofaza qilib to‘sib berishsin. Mana 5 kun bo‘ldiki, institut hovlisiga axloqni tuzatish ishlariga jalb etilgan fuqarolar ishchi sifatida olib kelingan. Uylarimiz devor bilan o‘ralmagan holatda biz ATIga jalb etilgan fuqarolar bilan “yashab” kelmoqdamiz. Qanday qilib tinch, bexavotir yashay olamiz? ”, deydi astronomiya instituti olimalaridan Mamlakat opa.

    “Qamal” qancha davom etadi?

    29-Mirzo Ulug‘bek okrugi deputati Ravshan Yusupov Astronomiya instituti hovlisi yashovchilari unga bir-necha bor murojaat qilganlarini aytadi: “Astronomiya instituti hovlisidagi qurilishlardan xabarim bor. U yerdagi aholi qurilishlardan uylarini to‘sib berishni va institut hovlisidan chiqish uchun alohida yo‘l qilib berishni so‘rashmoqda. Hozirda hovlida 17 ta xonadon yashab keladi, ularning bu talabini Yunusobod tumani hokimiyatiga yetkazganman. Hokimiyat tomonidan tez orada muammo hal etilishini va’da qilishgan”, deydi deputat.
    Salkam yarim yil muddat ichida 17 ta uydan iborat akademik, olimlar mahallasi ahli quruvchilar, ATI fuqarolari bilan birga “yashab” kelishmoqda. Vaqti kelsa yuk mashinalari va ekskavatorlar sabab odamlar o‘z uylariga kira olmay qolishmoqda.
    Astronomiya hovlisi olimlarining bor boyligi soddagina uylari tokchalarida turgan ilmiy ishlar, kitoblar va maqolalardan iborat. Bugun, ular o‘z uylaridan ham ko‘proq astronomiya instituti hovlisidagi qarovsiz qolib ketgan noyob eksponatlarga qayg‘urishmoqda. Professor Mamnun Zakirovning aytishicha, ikkinchi jahon urushi davrida aynan shu institut hududidagi ilmiy qurilmalar yordamida butun SSSRga aniq vaqt yetkazib berib turilgan. Institutda 10 ga yaqin turli teleskoplar mavjud bo‘lgan. Bu eksponatlar hozirda qarovsiz ahvolga kelib qolgan va ta’mirtalab. Institut hovlisida faqat kometa izlovchi va katta osterograf saqlab qolingan. Astronomlar teleskoplarni muqaddas buyumdek sevishadi, saqlashadi. Ular eskirib qolgan bo‘lsa-da qimmatini yo‘qotmasligini aytishadi. Lekin bugun institut hovlisidagi zang bosgan, huddi metalollomga o‘xshab qolgan kometa izlovchi va katta osterograflarni ko‘rib ularni astronomlarning muqaddas buyumi deya olmaysiz. Bu ilmga umrini fido qilgan olimlar ham bugun huddi o‘sha ostreograf va kometa izlovchilari kabi e’tibordan chetda qolgandek...

    31.05.2018, 08:31   Izoh (0)   21161
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda sud YPX xodimini sudrab ketgan avtomobil o‘g‘risiga 11 yil qamoq jazosi tayinladi

    31.05.2018, 08:12

    Samarqandda Xitoyning Shensi provinsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

    31.05.2018, 08:10

    Bekobodda shamollarni bo‘ysundirib, el og‘ziga tushgan Buzrukxon ota avlodlari yashaydi

    31.05.2018, 08:05

    O‘zbekistonda istiqbolli mutaxassislarni tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi o‘tkaziladi

    31.05.2018, 07:35

    Uychida nogironligi bo‘lgan uch aka-ukaga nogironlik aravachasi topshirildi

    30.05.2018, 23:16

    Qibrayda qarovsiz qoldirilgan Matiz’ni olib qochgan shaxs ushlandi

    30.05.2018, 22:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10

    Rossiyada Mudofaa vazirligining yuqori martabali rasmiysi 6 yilga qamaldi

    Dunyo | 20 iyul, 11:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.