• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bekobodda shamollarni bo‘ysundirib, el og‘ziga tushgan Buzrukxon ota avlodlari yashaydi

    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Toshkent viloyatining Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi, xalq orasidagi rivoyatlar qahramoni bo‘lgan, shamollarni bo‘ysundira olgan Buzruk bobo haqida maqola tayyorladi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Nahotki, u kim ekan deysizmi? Albatta, bu so‘zning rostligiga kafillik beruvchi hujjatlar, insonlar va voqealar bor, deyiladi maqolada.

    Keling, avvalo sizga bu inson haqida so‘zlab beraylik. Shu maqsadda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida “Hazrat mulla” jome masjidiga bordik.

    – Bu insonning asl ismi Ne’matilloxon ibn Zaynobiddin Mag‘ribiy bo‘lib, Hazrati Ali vorislari bo‘lmish Hasan va Husanning nabirasi bo‘lganlar, – deydi Sahobiddin Ahatov. – Taqdir taqozosi bilan Buzruk bobo milodiy 950-yillarda Buxorodan Xo‘jand shahriga yo‘l olgan. Shu tariqa Bekobodda hozir biz turgan manzilgoh bunyod etilgan.

    Xalq orasidagi rivoyatlarga qaraganda, Buzruk bobo dehqon bo‘lgan. Abdullaxon podsholigi davrida hammani yig‘inga chaqirganda Buzruk bobo kelmagan, borgan yasovullarga esa handalak pishganda boraman degan javobni bergan. Ikki kundan keyin yana qaytib kelgan yasovullarga xonga tortiq sifatida ikkita handalak berib yuborgan ekan. Podsho handalaklarni kesib qarasa, biridan asal, boshqasidan esa qon tomgan ekan. Asal tomgani — xalqning shirin turmushi, qon esa podshoning jabr-zulmi ramzi ekan. Podshoning g‘azabi oshibdi.

     Ammo, shu payt eshak minib olgan dehqon hassasi uchiga katta bir cho‘qqini ko‘tarib kelayotgan emish. Olomon qochibdi. Sarosimada qolgan Abdullaxon dehqonga ta’zim qilibdi.
    – O‘rningdan tur! Endi odil podsholik qilgin! — deb uqtiribdi keluvchi.
    Qo‘lidagi katta cho‘qqini Takali qishlog‘i yoniga otib yuborib, “Seni tog‘dan uzib olib, yetim qilib qo‘ydim. Endi sen yetim cho‘qqi bo‘lding”, — deb karomat qilibdilar.
    Hozirda O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan katta bir cho‘qqi Yetim cho‘qqi deb ataladi.
    – Bobokalonimizning hassasi sehrli bo‘lgan, uning yordamida ko‘pgina muqaddas buloqlar paydo bo‘lgan, – deydi 90 yoshli Umidxonbobo Ahatov. – “Chanoqbuloq”, “Boboy-ob”, “Obigarm” kabi buloqlar xalq orasida mashhur bo‘lib, ular shubhasiz bobokalonimiz nomi bilan bog‘liq. Arslonbob va Zangi otalar ham hazratning shogirdlaridan.
    Hayron bo‘lib turganimizni ko‘rgan Umidxon bobo dalil keltirish uchun nabiralariga asoni olib chiqishni buyurdi. Ular kattagina o‘ralgan matoni keltirib qo‘yishdi. Unda teriga yozilgan avlodlar shajarasi va aso o‘ralgan ekan.
    – Bu buyumlar avloddan-avlodga o‘tib, saqlanib qolgan, – deydi Umidxon bobo. – Bular avlodning yoshi ulug‘ida turadi. Hassaga ega bo‘lgan odam xalqqa tuya xudoyi qiladi. Tuyadan boshqasi o‘tmaydi. Axir, tuya o‘z nomi bilan hayvonlarning buzrugi.
    Mag‘rib-u Mashriqdan kelib-ketuvchi karvonlar uchun ham o‘ziga xos qo‘nimgoh bo‘lib kelgan Buzruk bobo ziyoratgohi yillar davomida minglab mo‘min-musulmonlarning muqaddas manzilgohiga aylangan.Bu yerga Buxoroi sharifdan, hattoki Arabistondan ham ziyoratchilar kelib turgan. Ziyoratgoh milodiy 12—13-asrlarda obod maskan bo‘lgan. Biroq, Chingizxon qo‘shinlari unga katta talafot yetkazgani bois, ziyoratgoh 16-asrga qadar qarovsiz qolgan.
    1502-yilda Mirzo Bobur bu yerlarga kelib, qabrni g‘isht devor bilan o‘rab, daraxt ko‘chatlari ekib ketgani aytiladi. 19-asrda Qo‘qon xoni Xudoyorxon qamishzorlar orasida qolib ketgan maqbara yonida baland minora qurdirdi. Ming afsuski, keyinchalik bu minora ham buzilib ketdi.
    Keyingi o‘n yilda ziyoratgohda yana ta’mirlash ishlari olib borilibdi. Hozirda viloyatning turizm dasturiga kiritilgan bo‘lib, uning atrofini obodonlashtirish ishlari olib borilayotgan ekan.
    Borganimizda bildikki, Bekobodning mashhur, bebosh shamoli ziyoratgoh atrofini kezmas ekan. Aytishlaricha, o‘ynoqi va kuchli shamoldan bezgan Buzruk ota 2—3 metr naridan aylanib o‘tishin istab duo o‘qigan ekan. Shamol hamon bu hududga yaqin kelmas ekan. Juda qiziq. Ishonmasangiz borib ko‘ring.

    31.05.2018, 08:05   Izoh (0)   48897
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda istiqbolli mutaxassislarni tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi o‘tkaziladi

    31.05.2018, 07:35

    Uychida nogironligi bo‘lgan uch aka-ukaga nogironlik aravachasi topshirildi

    30.05.2018, 23:16

    Qibrayda qarovsiz qoldirilgan Matiz’ni olib qochgan shaxs ushlandi

    30.05.2018, 22:33

    Bo‘kada erkak o‘z xotini va o‘g‘li tomonidan bo‘g‘ib o‘ldirildi

    30.05.2018, 21:54

    Navoiyda qurilajak AES, Toshkentda YPX xodimiga uyushtirilgan hujum, “o‘lib, tirilgan” Babchenko va kunning boshqa muhim xabarlari

    30.05.2018, 21:23

    Buxoroda o‘z buvisini o‘margan kollej o‘quvchisi qo‘lga olindi

    30.05.2018, 17:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ramzan Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li uylandi

    Dunyo | 29 iyun, 23:40

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” Messi boshchiligidagi “Inter Mayami” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi

    Sport | 29 iyun, 23:09

    “Uy oldi-sotdisini naqdsiz shaklga o‘tkazmoqchimiz” — Mubin Mirzayev

    O‘zbekiston | 29 iyun, 23:05

    Ozarbayjon Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari tashrifini bekor qildi

    Dunyo | 29 iyun, 23:00

    “Nasiya bozorini davlat tomonidan tartibga solish rejalashtirilgan” — Timur Ishmetov

    Iqtisodiyot | 29 iyun, 22:30

    Superliga. “Buxoro” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 29 iyun, 22:15

    Eron MAGATE rahbari uchun yadroviy obyektlarga kirishni yopdi

    Dunyo | 29 iyun, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.