Sankt-Peterburg davlat universiteti tarixchilari Valua sulolasi asoschisi Fransisk I buyurtmasiga asosan chizilgan mashhur portretlar seriyasida kim tasvirlanganini aniqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Tarixchilarning ma’lum qilishicha, ko‘plab antik arboblar rassomlarga o‘z tasvirlarini chizishni buyurtma qilib, tarixda iz qoldirishni xohlagan. Shu maqsadda qo‘lyozma kitob ham yaratilgan.
Fransisk I buyurtmasiga asosan yaratilgan qo‘lyozmadan 39 ta portret joy olgan bo‘lib, undagi qalamda chizilgan portretlar mashhur tasviriy san’at maktabi ustalariga mansub. XIX asrdan boshlab san’atshunoslar portretlarda aynan kim tasvirlanganini bilishga uringan.
O‘rta asr Fransiyasida atoqli otlar boshqacha yozilgani sababli olimlar suratlarda aynan kim tasvirlanganini aniqlashga qiynalgan. Rossiyalik tarixchilar esa nafaqat qahramonning yuzi va imzosiga, balki uning kiyimi, suratdagi qog‘oz turi va tuzilishiga qarab ularda kim tasvirlanganini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)