Buxoroda 25-may, juma kuni an’anaviy “Ipak va ziravorlar” festivaliga start berildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Buxoroning diqqatga sazovor manzillari bo‘ylab uch kun davomida o‘tkaziladigan bu yilga festival hisob bo‘yicha 17-sidir. Tadbirlar erta tongdan Ark qo‘rg‘onida boshlanib, so‘ng Labihovuz ansamblida davom etgan.
Hokimlikdan xabar berishlaricha, ansambl atrofida 3 mingga yaqin ishtirokchi, jahonning 30 dan ortiq mamlakatlaridan tashrif buyurgan sayyohlar va boshqa mehmonlar to‘plangan.
“Loyiha zamirida xalqimizning asriy urf-odatlari, milliy hunarmandchilik va amaliy san’ati, musiqa, raqs, xalq og‘zaki ijodi, bir so‘z bilan aytganda, boy madaniy merosimizni saqlash, uni qayta tiklash, yurtimiz va xorijda keng targ‘ib etishdek olijanob maqsad mujassam”, — deyiladi hokimlik axborotida.
Izoh (0)