• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ramazon oyida pul topishga emas, savob olishga shoshiling

    “Xalq so‘zi” Ramazon oyida pul topishga emas, savob olishga ulgurib qolishga chaqiruvchi maqolani e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    “Shaftolini dimlab, tezroq pishirmasam bo‘lmaydi. Ramazon kunlaridan foydalanib qolish kerak. Ozroq kallani ishlatsa, bunaqa paytda bir tup shaftolidan bir qop pul qilib olsa bo‘ladi...”

    Qibraylik keksa bog‘bon G‘ayrat bobo Sulaymonov endigina rang kirayotgan shaftolisini xom-xatala uzayotgan qo‘shnisining bu gapidan yoqa ushladi...

    Ramazon — mehr-shafqat, saxovat va muruvvat oyi. Butun dunyoda musulmonlar mohi Ramazon kunlarida moddiy emas, ma’naviy foyda topishni o‘ylaydilar. Bir-birlariga imkon qadar ko‘proq ehtirom, mehr-muruvvat ko‘rsatishga shoshadilar. Shu maqsadda yirik-yirik kompaniyalar maxsus aksiyalar tashkil etib, o‘z mahsulotlarini arzon narxlarda sotadilar, hadyalar ulashadilar, oziq-ovqat tovarlarini ehson sifatida bepul tarqatadilar.

    Bu ishlarni xolis niyatda, savob umidida, Allohning roziligi uchun qiladilar. Negaki, ular bu mukarram oyda qilingan har bir ezgu ishning mukofoti bir necha karra ulug‘ bo‘lishini yaxshi biladilar...

    Bugungi g‘animat kunlarda biz bozorlarimizda, yirik savdo markazlarida ana shunday saxovatlarga guvohmizmi? Ochig‘i, bu savolga har joyda ham birdek ijobiy javob topish ancha mushkul...

    Qaytaga Chirchiq shahridagi dehqon, Toshkent shahridagi “Shirin” bozorlarida guruch, go‘sht mahsulotlari qimmatlashdi. To‘g‘ri, bahor boshlanishi bilan tuxum narxi bir ozgina arzonlashgandek bo‘ldi, lekin chaqqon savdogarlar Ramazon kunlari tuxumga ehtiyoj ko‘payganini sezdilar chog‘i, yetti xazinaning biri bo‘lgan beozor jonzotlar ayni tuxumlaydigan shu kunlarda bu ne’matning ham tushumini ko‘paytirishga tushib qoldilar...

    Qulupnay-ku, mayli, mavsumi o‘tib borayapti, biroq kundan-kun pishib-yetilayotganiga qaramay, gilos, o‘rik, olma, shaftoli narxi oshsa, oshyaptiki, arzonlashmayapti.

    “Boburnoma”da “Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas...”, deyiladi. Negaki, poliz boshiga kelgan odam mehmon-da. Mehmon esa atoyi Xudo. Buni eslashdan muddao shuki, bozorlarimiz-ku, mayli, bir yolg‘onga o‘n yolg‘onni qo‘shmasa kuni o‘tmaydigan olibsotarlar qo‘lida. Lekin dala boshiga borgan xaridorga “Olavering, bizniki dehqonchilik”, deydigan olihimmat tanti dehqonlar qolganmi? Qulupnay mavsumida katta yo‘l yoqalaridan o‘tsangiz, shundoq egatdan terib chiqib sotilayotgan mevaning narxi bozordagidan o‘tsa o‘tdiki, aslo kam bo‘lmadi...

    Darvoqe, gap bozordagi olibsotarlar ustida borayotgandi. Lavhamizning bu qismiga bemalol “Dehqon bozori: tongotar soat beshda...” deb sarlavha qo‘ysak ham bo‘laveradi. Shu vaqtda bozorga kelmabsiz, tomoshaning zo‘rini ko‘rmabsiz!

    Dehqon sho‘rlikni har tarafdan talaydigan savdogarlar u olib kelgan mahsulotni kepak narxida sotib olish payida bo‘ladilar. Bozordagi rastalarni avvaldan egallab olgan bu “ishbilarmon”lar esa kun yorishib, bozor qaynagach, ularni istagan narxda “maydalab” savdo qilishadi. Ular savdo-sotiq “ilmi”ni rosa egallashgan. Ammo shariat qoidalarini, hadislarni ko‘p ham bilishmasa kerak. Shundaylar Imom Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” kitobida keltirilgan mana bu hadisning mag‘zini bir chaqib ko‘rsalar, yaxshi bo‘lardi:

    “Bozorga mol olib kelayotganlarning yo‘llarini to‘sib chiqib, ularning molini ko‘tarasiga sotib olmoq va ul molni turgan joyida qayta sotib yubormoq makruhdir. Savdoda birovni aldagan odamning topgani harom bo‘lib, o‘zi osiydir. Chunki u bilib turib birovni aldar, savdoda esa aldov joiz ermas...”

    Bozorlardagi olibsotarlar narx-navoni belgilashayotgan ekan, mayli, ehtimol erkin bozor talabidir. Qolaversa, buning to‘g‘ri yoki nojoizligiga mutasaddilar munosabat bildirishar. Biroq imon, insof talabi-chi?

    Mamlakatimizda o‘ziga to‘q, iqtisodiy baquvvat tadbirkorlar, fermerlar, tomorqa egalari juda ko‘p. Ularning bozor hududlaridan do‘kon yoki rasta sotib olishga qurblari yetadi. Shunday ekan, bozorlarimizda yirik tadbirkorlarning, fermerlarning shaxsiy do‘konlarini tashkil etishni rag‘batlantirish vaqti yetib keldi. Shoyad, iste’molchilar qilgan xaridlaridan shod bo‘lib, “Falonchi fermerning yoki tadbirkorning do‘konida saodatli kunlar munosabati bilan narx-navo arzonlashibdi, baraka topsin”, deya duo qilishsa.

    Muborak Ramazonning o‘n ikki kuni o‘tdi, qolgani ham mehmon. Pul topishga emas, savob olishga shoshiling, ulgurib qoling...

    Rahmatilla Sheraliyev,“Xalq so‘zi” muxbiri.

    30.05.2018, 09:52   Izoh (0)   17899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

    30.05.2018, 09:47

    Jizzax shahrida harbiylar 95 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg‘alar ulashdi (foto)

    30.05.2018, 08:49

    Xorazmlik firibgar namanganlik “ishsiz”ni 12 mlrd so‘m va 730 ming dollarga chuv tushirdi

    30.05.2018, 08:04

    O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha kelishuv tafsilotlarini muhokama qilmoqda

    30.05.2018, 07:44

    Toshkentda avtomobilni hujjatsiz boshqarayotgan haydovchi va uning yaqinlari YPX inspektorlariga tashlandi

    30.05.2018, 07:27

    Qozog‘istonda 13 nafar o‘zbekistonlik jinoiy javobgarlikka tortildi

    30.05.2018, 06:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.