“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.
Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-iyuldan “O‘zagroservis” AJ “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tashkiliy tuzilmasidan chiqariladi.
2018-yil 1-noyabrdan quyidagilar orqali mashina-traktor parklarini boshqarishning eng samarali shaklini tanlash bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi:
- “O‘zagroservis” AJning 26 ta mashina-traktor parkini tadbirkorlik subyektlariga sotish;
- “O‘zagroservis” AJning 3 ta mashina-traktor parkini davlat unitar korxonalariga – “Tuman MTP” DUKka aylantirish.
Izoh (0)