• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bir guruh olimlar Orol dengizining qurigan tubida chorvachilikni yo‘lga qo‘yishni taklif qilmoqda

    Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Qoraqalpoq davlat universiteti professori Maqsud Ibrohimov boshchiligidagi bir guruh olimlar Orol dengizining Mo‘ynoq tumaniga qarashli suvi qurigan maydonlarida biologik resurslarini o‘rganib, u yerlarda chorvachilikni yo‘lga qo‘yishni taklif qilmoqda, deb xabar berdi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Olimlar tomonidan Mo‘ynoq tumaniga qarashli dengizning suvi qurigan maydonlarida 1000—2000 bosh qo‘yga mo‘ljallangan qorako‘lchilik tajriba fermer xo‘jaligini tashkil qilish bo‘yicha mutasaddi organlarga tavsiyalar berilgan.

    “Orol dengizining qurigan yer maydonlaridan oqilona foydalanish zarur. Bunda asosiy masala suvi qurigan maydonlarda tabiiy holda va o‘simliklarni ekib ko‘paytirish orqali cho‘l o‘simliklar qoplamini tashkil qilishdir. Shunday qilganda ikki masala o‘z yechimini topadi: birinchidan, cho‘l o‘simliklar bilan qoplanganda dengizning suvi qurigan maydonlarida qumlarning ko‘chishi, chang-to‘zonlar defilyatsiyasi kamayadi, flora va faunaning rivojlanishiga, dengiz tubida tuproq hosil bo‘lish jarayoniga va Orolbo‘yi mintaqasining ekologik sharoitiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchidan, mintaqada chorva mollari uchun yangidan yaylov maydonlari ko‘payadi”, – deydi professor Maqsud Ibrohimov.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1989-yildan Qoraqalpog‘iston davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va xorijiy davlatlar hamkorlik tashkilotlari tomonidan dengiz suvi qurigan maydonlarga cho‘lga chidamli o‘simliklar (saksovul, cherkez, qandim va b.) ekish ishlari olib borilmoqda.

    Hozirda jami 418 ming 287 gektar maydonga cho‘l o‘simliklari ekilgan. Jumladan, 294 ming 700 gektarga o‘simliklar urug‘i sepilgan, 59 ming 745 gektarga ko‘chat uslubida ekilgan. 63 ming 842 gektar yerga o‘simliklarni tabiiy unib chiqishiga yordam berish ishlari olib borilgan. Ekilgan maydonlarning asosiy qismini saksovul, cherkez, qandim o‘simliklari egallaydi.

    Dengizning qurigan tubiga ekilib kelinayotgan qora saksovul o‘simligi sho‘radoshlar oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 5 metrgacha o‘sadi. Bu o‘simlik taqir, chorliqum sho‘rxok yerlarda yaxshi o‘sadi. U Ustyurtda ko‘p tarqalgan. Qora saksovulni ko‘kligida mollar yaxshi yemaydi. Uni kuzda va qishda yumshagan shoxlari va barglarini iste’mol qiladi.

    Shunday o‘simliklardan biri cherkez Orol dengizining qurigan tubiga urug‘idan ekib ko‘paytirilmoqda. Bu o‘simlik mart—aprel oylarida unib chiqa boshlaydi. Iyun—iyul oyida gullaydi.

    Qandim o‘simligi mollarning sevib yeydigan o‘simliklaridan biridir. Uning urug‘i juda sekin unadi. Aprel—may oylarida gullaydi. Mevasi iyun oyida pishadi.

    Mol uchun ozuqa sanaladigan mana shu o‘simliklar Orolning qurigan tubida ko‘paymoqda.

    “Ekilgan maydonlarning bioekologik holatini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan kuzatishlarga asoslanib, chorva mollari uchun yaylov sifatida foydalanish mumkinligini angladik. Hisob-kitoblarga qaraganda, hozirda ekilgan maydonlarda 1 millionga yaqin qorako‘l qo‘ylarini boqish imkoniyati mavjud”,  – deydi olim Po‘lat Xalmuratov.

    O‘zbekiston Prezidentining “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining cho‘l hududlarida yaylov ozuqabop o‘simliklarini ekib ko‘paytirish va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan. Bu qaror dengizning qurigan maydonlaridan chorva mollari uchun yaylov sifatida foydalanishga imkoniyat yaratadi.

    Adilbay Yesimbetov, Qoraqalpoq davlat universiteti Tabiatshunoslik fakulteti dekani 

    Olimlarning fikricha, dengizning qurigan maydonlarida cho‘l o‘simliklarining ekma plantatsiyalarini yaratish va qumlarni kimyoviy usulda qotirish ishlarini olib borish orqali mintaqada ekologik muhitning barqarorlashiga erishish mumkin va chorva mollari uchun yangidan yaylovlar paydo bo‘ladi. Buning natijasida mintaqada ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik ta’minlanadi.

    O‘tgan haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlariga yopirilgan tuzli bo‘ronning Orol dengizining qurigan tubidan ko‘tarilganligi aytilmoqda.

    Mavzuga doir: “O‘zgidromet” Qoraqalpog‘iston va Xorazmda sodir bo‘lgan qum bo‘roniga izoh berdi

    Ilmiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha, dengiz suvi qurigan tubida Orolbo‘yi, Ustyurt platosi, Qoraqum va Qizilqum cho‘llari mintaqalarida cho‘llanish jarayoni tezlashgan. Dengiz 1986-yildan boshlab suv hajmi keskin kamayib katta dengiz va kichik dengiz bo‘lib bo‘linib ketgan. Hozirda katta dengizning suv sathi 3,40 metr, suv yuzasi 13,47 kvadrat kilometr, suv hajmi 81,35 kub kilometr, suvning mineralizatsiyalanish darajasi esa 152 l/gni tashkil qiladi.

    Orol dengizining qurigan tubi qariyb 4 million gektarni tashkil qilib, shundan 1,3 million gektardan ortig‘i O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi.

    29.05.2018, 15:35   Izoh (0)   26989
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada test sinovlari repetitsiyasida opasining o‘rniga imtihonga kirmoqchi bo‘lgan abituriyent “fosh etildi”

    29.05.2018, 15:09

    O‘zbekistonda turistlarni tashishga mo‘ljallangan transportlardan 2020-yilga qadar yo‘l jamg‘armasiga yig‘im undirilmaydi

    29.05.2018, 14:46

    “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari Tokiodagi malaka oshirish kursida ishtirok etdi

    29.05.2018, 13:57

    OAV: Botir Parpiyevga aloqador shaxslar ishdan olinmoqda. Uning o‘zi esa statsionarga tushib qoldi

    29.05.2018, 13:37

    O’zbekiston Prezidentining vakili “ShHT—Afg‘oniston” Aloqa guruhining Pekin shahridagi majlisida ishtirok etdi

    29.05.2018, 12:57

    Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga energiya samaradorligi uchun 50 mln dollar ajratadi

    29.05.2018, 12:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35

    Antarktidada 65 yil avval halok bo‘lgan britaniyalik tadqiqotchining qoldiqlari topildi

    Dunyo | 11 avgust, 22:25

    Qirg‘iziston prezidenti ko‘pxotinlilik uchun jinoiy jazoni bekor qilishga qarshi chiqdi

    Dunyo | 11 avgust, 22:15

    Superliga. “Dinamo” o‘z maydonida “Paxtakor” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 avgust, 22:10

    YTT va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.