“O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi mutaxassislari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan “Biznes rahbarlari malakasini oshirish” dasturi bo‘yicha Tokio shahrida malaka oshirish kursida ishtirok etdi, deb xabar beradi O‘zA.
Yaponiyada o‘n kun davomida o‘tkazilgan seminarlar har tomonlama natijadorligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Malaka darslarida Yaponiyaning konsalting, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassislari tomonidan amaliy marketingni joriy etish, chakana savdo hajmini oshirish, muammolarni aniqlash va hal etish usullari bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.
O‘z navbatida “O‘zbekinvest” kompaniyasi faoliyatiga doir taqdimot ham Yaponiya sug‘urta bozori vakillarida unutilmas taassurot qoldirdi. Bundan tashqari, malaka oshirish kursi ishtirokchilari FANCL, TANITA va Cocokara Fine kompaniyalari ish tajribasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanishish imkonyatiga ega bo‘ldi.
Izoh (0)