Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni Respublika kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan 100 yil avval — 1918-yil 28-mayda Ozarbayjon demokratik respublikasi tashkil etilgani e’lon qilingandi.
Mamlakatda 1990-yildan beri mazkur sana bayram sifatida nishonlab kelinadi. 28-may Ozarbayjonda dam olish kuni sanaladi.
Izoh (0)