O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘iziston chegarasidagi “Oqqiya—Avtoyo‘l” o‘tkazish punktida hibsga olindi, deb yozadi Sputnik. Ayol boshqa odamning nomiga berilgan pasport bilan Qirg‘izistonga kirmoqchi bo‘lgan.
“Ayolning hujjatidagi surat bo‘yicha uning shaxsini tekshirish chog‘ida chegarachilarda shubha paydo bo‘ldi. So‘roq vaqtida 46 yoshli ayol qarindoshining pasportini olganini e’tirof etdi”, — deyiladi Qirg‘iziston davlat chegara xizmati xabarida.
Ayol qo‘lga olindi. Ayni paytda ish tekshirilmoqda.
Izoh (0)