Xorazm viloyatining Urganch tumanida Yuqorido‘rmon qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Amudaryo bo‘yida Chandirqiyot qishlog‘ida yashovchi, muqaddam 3 marta sudlangan J.S. va ukasi, muqaddam 2 marta sudlangan H.S. mast holda shu yerda dam olayotgan fuqarolar bilan janjallashdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan chaqiruv asosida voqea joyiga Urganch tuman IIBdan ikki nafar profilaktika inspektori yetib kelib, surishtiruv ishlari olib borayotganida J.S. va H.S. xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, urib, jarohat yetkazdi.
J.S. va H.S. qo‘lga olindi. Jarohat olgan IIB xodimlariga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Izoh (0)