“Real”ning ispaniyalik himoyachisi Daniel Karvaxal Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul”ga qarshi uchrashuvning 37-daqiqasida jarohat olib, o‘z o‘rnini Nachoga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, Karvaxalga tashxis qo‘yilgan bo‘lib, futbolchining beli o‘ng qismida mushaklar jarohatlangan. Bunday jarohat tufayli, futbolchisi katta ehtimol bilan Rossiyadagi Jahon Chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Ma’lumot uchun ikki yil avval Dani Karvaxal YChL finalida “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘yinda (1:1, penaltilar bo‘yicha 5:3) ham jarohat olib, Fransiyadagi Yevro-2016 musobaqasini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgandi.
Izoh (0)