Porsche kompaniyasining muhandislari ushbu markaning ilk mashinasi — 1948-yil namunasidagi 356 №1 rodsteri replikasini yaratdi, deb yozadi “Motor”.
Avtomobil sakkiz oy ichida noldan yaratildi. Bunda arxiv fotosuratlari va original modelning texnik chizmalaridan foydalanildi.
Original rodsterni maksimal darajada aniq yangitdan yaratish uchun Porsche Museum xodimlari mavjud mashinani 3D-skanerlashni amalga oshirdi va uni dizaynerlik eskizlari bilan taqqosladi. Yakuniy bosqichda ko‘pikdan mashinaning to‘liq o‘lchamdagi nusxasi yaratildi.
Shunga qaramasdan, bu replika original 356 №1 dan biroz farq qiladi: original rodster kuzovining orqa qismi ko‘proq toraytirilgan, chiroqlari va radiator panjarasi ifodaliroqdir.
Replika amalga oshira olmaydigan yagona narsa — yurish. Mashinaning dvigateli yo‘q, uning orqa o‘qi esa odatiy trubadan iborat.
Izoh (0)