“Mening fikrim” portalida Shavkat Mirziyoyevga “O‘zbekiston qahramoni” unvonini berish bo‘yicha jamoaviy murojaatga 10 mingdan ortiq odam ovoz berdi.
Mavjud tartibga ko‘ra, endi murojaatni Oliy Majlis ko‘rib chiqadi.
Ayni paytda tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganlar soni 10358 kishini tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tashabbus “Mening fikrim” portalida 27-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni oliy darajadagi mukofot — ‘O‘zbekiston Qahramoni’ unvoni bilan taqdirlash haqida” jamoaviy murojaat joylashtirilgan edi. Uning mualliflari davlat rahbariga O‘zbekiston Qahramoni unvonini berish taklifi bilan chiqqan edi.
Izoh (0)