Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkent viloyati prokuratura organlari Quyi Chirchiq tumanidagi “Umarxon Yusufxon Agro Lyuks” fermer xo‘jaligi rahbari Saydullayev X. o‘zboshimchalik bilan 6,5 gektar paxta maydonini haydab tashlab, bu yerda boshqa qishloq xo‘jaligi mahulotlarnini yetishtirishga qaror qilgani aniqlandi. Bu haqda idora matbuot xizmatiga tayanib, “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Foto: “Novosti Uzbekistana”

Foto: “Novosti Uzbekistana”

Shuningdek, aniqlanishicha, “Rustam I.” chorvachilik xo‘jaligi rahbari Sharapov R. yem-xashak mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratilgan 23 gektar yerni yolg‘on yo‘li bilan fuqarolarga sotib yuborgan.

Bundan tashqari, tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, “Mahkam Agro Fayz” fermer xo‘jaligi rahbari Ibrohimov M. noqonuniy ravishda paxta ekishga mo‘ljallangan 9 gektar yerni sotib yuborgan. Shu bilan birga, u yer uchun 9 million so‘m to‘lagan xaridorni mazkur hudud meva va sabzavotlarni yetishtirish uchun ajratilganiga ishontirgan.

Prokuratura dalillariga asosan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak