20-may kuni O‘zbekistonga Yevropa investitsiya bankining vitse-prezidenti Vazil Hudak rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturidan Oliy Majlis Senati, hukumat, qator vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan. Ularda O‘zbekiston bilan YeIB o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, delegatsiya Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive qo‘shma korxonasiga tashrif buyuradi.
Izoh (0)