Janubiy Koreyaning Koreyani birlashtirish vazirligi Shimoliy KXDR vakillari bilan 16-may, chorshanba kuni oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “Renxap” agentligiga tаyanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, KXDR uchrashuvga 29 kishidan iborat delegatsiyani yuboradi. Delegatsiya tarkibiga sport va iqtisodiyot bo‘yicha mas’ul amaldorlar hamda jurnalistlar kiradi.
Delegatsiyaga KXDRning birlashish qo‘mitasi raisi rahbarlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Mun Chje In ikki mamlakat sammitini o‘tkazish haqidagi takliflarni qo‘llab-quvvatlashi ma’lum qilingan.
Izoh (0)