“Tolibon” radikal guruhi jangarilari 15-may kuni ertalab Afg‘oniston g‘arbidagi Farax viloyatining shu nomli markaziga hujum uyushtirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Viloyat Eron bilan chegarada joylashgan.
Viloyat kengashi rahbari Farid Baxtiyorning so‘zlariga qaraganda, jangarilar bir qancha blokpostlarga hujum uyushtirgan. Buning oqibatida xavfsizlik xizmatining 30 ga yaqin xodimi halok bo‘lgan va yaralangan.
Halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)