Vengriya parlamenti 10-may kuni ko‘pchilik ovoz bilan Viktor Orbanni mamlakat bosh vaziri lavozimiga qaytadan sayladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
2018-yil aprelidagi saylov yakunlariga ko‘ra uning partiyasi parlamentda 199 o‘rindan 133 tasini qo‘lga kiritgan.
8-may kuni Vengriya parlament binosi oldida minglab odamlar to‘planib, Orbanga nisbatan noroziliklarini bildirdi. Ular Orbanning millatchilik va izolyatsionizm siyosatiga qarshi.
Shunga qaramay, qaytadan saylangan bosh vazir birinchi chiqishida Vengriya yevrozonadan chiqib ketmasligini, lekin ayni paytda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)