AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashuv vaqti va joyini hal qildi. Bu haqda Oq Uy rahbari o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
“Kim Chen In bilan uzoq kutilgan uchrashuvim 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tadi. Biz ikkimiz uni butun dunyoda tinchlik o‘rnatilishi uchun samarali o‘tkazishga harakat qilamiz!”, — dedi u.
Tramp uchrashuv joyi va vaqti aniq bo‘lganini 4-may kuni yozgan edi. Ammo unda Oq Uy rahbari bu borada aniq ma’lumot keltirmagan edi.
Izoh (0)