Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

8-may, seshanba kuni Toshkent shahrida Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi boʻlib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Tadbirda Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Qurolli kuchlar harbiylari, Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti talabalari va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Sobir Rahimov tumani 1970-yili tashkil qilingan. Tuman hokimiyati binosi qarshisida 1981-yili generalning haykali o‘rnatilgan. 2010-yili tuman va metro bekati nomi “Olmazor” deb o‘zgartirilgan.

7-may, dushanba kuni Sobir Rahimov haykali Toshkentning G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘idan o‘zining avvalgi joyi — Olmazor tuman hokimligi binosi oldiga qaytarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining Norin tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida general haykalini eski joyiga ko‘chirishni taklif qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda kelasi hafta 42 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lning qatnov qismida prank uyushtirgan yigitlar 3 sutkaga qamaldi
Dunyo
Dunyo bo‘ylab millionerlar soni sezilarli darajada kamaydi