Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2011-yilning qishida G‘ofur G‘ulom bog‘iga ko‘chirib o‘tkazilgan general Sobir Rahimovning Toshkentdagi haykali yana o‘z joyiga qaytariladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Norin tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Foto: “MyTashkent.uz”

Foto: “MyTashkent.uz”

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, haykalning joyiga qaytarilishi tarixiy adolatning qayta tiklanishi bo‘ladi.

Mazkur haykal (1981-yilda ochilgan) bunga qadar Sobir Rahimov hokimiyati binosi qarshisida joylashgan edi. 2010-yil oxirida tuman Olmazor nomi o‘zgartirilgan. Shuningdek, “Sobir Rahimov” metro bekati ham “Olmazor” deya nomlangan..

Sobir Rahimov 1902-yilda Toshkentda tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan va 1941—1945-yillar davomida bir necha bor jarohat olgan. 1944-yilning noyabrida ikkinchi Belorus frontining 65-armiyasiga qarashli 37-sonli o‘qchilar diviziyasi komandiri etib tayinlangan. 1945-yili urushda halok bo‘lgan. Uning jasadi Toshkentda dafn etilgan. 1965-yilning 6-mayida unga (vafotidan so‘ng) Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 26-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi davomida Shavkat Mirziyoyev hozirgi kunda “Istiqlol” deb ataladigan sobiq Xalqlar do‘stligi saroyiga uning eski nomi qaytarishni, shuningdek, san’at saroyi qarshisiga Shomahmudovlar oilasi haykalini qayta o‘rnatishni taklif qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova