• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hokimning bir kuni”: Chilonzor tuman hokimi nimalar bilan band? (foto)

    “Hokimning bir kuni” tadbiri doirasida Toshkent shahridagi barcha tuman hokimlariga OAV muxbirlari kun bo‘yi hamrohlik qilmoqda. “Daryo” muxbirining “chekiga” Chilonzor tumani hokimi Davron Hidoyatov tushdi.

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Davron Hidoyatov (1976-yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (1998-yil) va O‘zbekiston bank-moliya akademiyasi (2001) bitiruvchisi. 1996—2004-yillarda O‘zbekiston Markaziy banki tizimida, 2004—2005-yillarda Osiyo-Invest Bank (Moskva) boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.

    2009-yildan 2012-yilgacha GM Uzbekistan kompaniyasining moliya bo‘yicha ijrochi direktori, 2012-yildan 2014-yilgacha MAN Auto-Uzbekistan QK bosh direktori lavozimlarida xizmat qilgan.

    Davron Hidoyatov 2014—2017-yillar oralig‘ida O‘zbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish Davlat qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan. 2017-yil 18-aprelida Chilonzor tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

    9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida obodonlashtirish ishlari ayni avjiga chiqqan. Xususan, Chilonzor tumani hokimi zimmasiga “Xalqlar do‘stligi” saroyi va uning atrofidagi maydonni qaytadan barcha talablarga javob beruvchi zamonaviy ko‘rinishda bunyod etish topshirilgan.

    Maydonga soat 07:00 da yetib borgan bo‘lsak, 400 ga yaqin odam tozalash ishlarini olib borayotganiga guvoh bo‘ldik. Ularga Chilonzor tuman hokimi Davron Hidoyatovning o‘zi boshchilik qilayotgan ekan. Ertaga bayram arafasi foydalanishga topshirilishi kutilayotgan “Xalqlar do‘stligi” maydonida qurilish ishlari yakunlangan, faqatgina supurish va artish kabi “pardoz” ishlari qolgandi.

    Tuman hokimligi o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali tumanning barcha yoshlarini mazkur obodonlashtirish ishlarida ko‘ngilli sifatida ishtirok etish borasida post qoldirgan edi. Shu sababli soat 09:00 dan so‘ng yuzlab yoshlar o‘z xohishi bilan mehnat qilayotgan idora vakillari yordam ko‘rsatishga yetib kelishdi. Ularning har biriga “Chilonzor yoshlari” belgisi tushirilgan futbolkalar tarqatildi.

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Ta’kidlash kerak, “Xalqlar do‘stligi” maydoni salkam 12 kun ichida butunlay o‘zgacha qiyofaga kirdi. Oldinlari suv oqmaydigan sun’iy hovuz va fayzsiz marmar maydon qisqa kunlar ichida poytaxtning yana bir ko‘rkam manzilgohi aylandi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 26-aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hozirda “Istiqlol” san’at saroyi deb nomlanib kelayotgan saroyga, uning old maydoniga hamda “Bunyodkor” metro bekatiga uning avvalgi “Xalqlar do‘stligi” nomini qaytarib qo‘yish, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davrida 14 farzandni o‘z bag‘riga olgan Shomahmudovlar monumentini joyiga qaytarish maqsadida avval shu nom bilan yuritilgan ko‘chaga uning nomini qayta tiklash yuzasidan takliflar berilgan edi.

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Hokim soat 10:15 gacha maydonning har bir qarichini ko‘zdan kechirib chiqib, bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar, kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalarni berdi.

    “Atigi 12 kun ichida maydonning ko‘rishini butunlay o‘zgartirib yubordik. Endilikda bu yer ‘Xalqlar do‘stligi’ maydoni deb yuritiladi va istalgan odam bu yerga kelib maroqli hordiq chiqarishi, issiq kunlarda fontandan otilayotgan muzdek suvlar taftidan bahramand bo‘lishi mumkin”, — deydi Davron Hidoyatov.

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Soat 10:30 da Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “Ko‘prikqurilish” tresti unitar korxonasi mutaxassislari tomonidan barpo etilayotgan ko‘prikning qurilish ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ko‘prikni qurish borasida yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, maslahatlar, takliflar tinglandi va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

    Zamonaviy yo‘l o‘tkazgichning umumiy uzunligi 667,5 metrni tashkil etadi. Estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8 metr, kengligi esa 24,5 metrni tashkil etib, 21 ta ustun oralig‘ida barpo etilmoqda. E’tiborlisi, bu yerda piyodalar uchun ham qator qulayliklar yaratiladi. Xususan, umumiy uzunligi 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi quriladi, shuningdek, yoshi keksa va nogironlar uchun maxsus lift hamda eskalator o‘rnatiladi. Yangi bunyod etilayotgan yo‘l o‘tkazgichning yoritish tizimi ham jahon andozlariga mos ravishda barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Shu kunga qadar jami yo‘l o‘tkazgichning 256 ta to‘sinidan 192 tasi o‘rnatildi. Chiqish va tushish qismlaridan 60 foiz tirgak devorlari mustahkamlandi. 276 ta prizmatik qoziqdan 206 tasi qoqildi. Ushbu ko‘prikni iyun oyi boshlarida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Bir soatdan oshiqroq davom etgan majlisdan keyin Chilonzor tumanidagi “Zamin” to‘yxonasida bayram munosabati bilan xalqqa osh tarqatildi. Tuman hokimi ushbu tadbirga ham tashrif buyurdi.

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Soat 12:00 dan o‘tgach yana “Xalqalar do‘stligi” maydoniga qaytgan hokim obodonlashtirish ishlarini o‘z nazorati ostiga oldi. Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Nodirjon Maksumov ham amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida maydonga tashrif buyurib, o‘z takliflarini Davron Hidoyatovga bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Maydonga kirish qismdan — “Xalqlar do‘stligi” metro bekatining yonidan o‘rin olgan avtobus bekati mutlaq zamonaviy usulda qurilgan bo‘lib, uning ichidagi barcha texnikalar (yoritish tizimlari, konditsionerlar) quyosh energiyasi yordamida ishlaydi.

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov

    Foto: “Daryo” / Fozilbek Yusupov
    08.05.2018, 17:03   Izoh (0)   51844
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Putin O‘zbekiston Prezidentini ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi bilan tabrikladi

    08.05.2018, 16:46

    “O‘zbekekspertiza” AJ Telegram-boti ishga tushirildi

    08.05.2018, 16:41

    Abdulaziz Komilov Litva tashqi ishlar vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan fikr almashdi

    08.05.2018, 16:18

    Odina Muhammad Yusuf Abu-Dabidagi xalqaro qurultoyda ishtirok etmoqda

    08.05.2018, 16:01

    Yangiyo‘lda “bank xodimlari” pensionerga dollar o‘rniga soxta yevro tutqazdi

    08.05.2018, 15:11

    Urganch shahrida onaxonga yordam ko‘rsatildi

    08.05.2018, 14:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiya 2040-yilgacha robot armiyaga ega bo‘ladi

    Dunyo | 12 may, 17:50

    Devid va Viktoriya Bekxemning kelini ularni “zahar va o‘ziga bino qo‘ygan” deb hisoblaydi

    Layfstayl | 12 may, 17:40

    Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi bolalarga “Katyusha”ni yodlatgani uchun ishdan olindimi?

    O‘zbekiston | 12 may, 17:25

    “Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi — manba

    Sport | 12 may, 17:16

    Olimlar koinot tugashiga qancha qolganini hisoblab chiqdi

    Dunyo | 12 may, 17:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.