Daryo

Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi bolalarga “Katyusha”ni yodlatgani uchun ishdan olindimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tarmoqlarda tarqalgan xabarga izoh berdi

1 daqiqa o‘qish7 006 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoq sahifalarida Chilonzor tumanidagi maktablardan birining direktori  o‘qituvchini o‘quvchilari “Katyusha” va “Smuglyanka” qo‘shiqlarini kuylamoqchi bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatgani va maktabda “Xotira va qadrlash kuni” tadbirlari o‘tkazilmagani haqida xabar tarqaldi.

“Daryo” / Madina Nurman

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, Chilonzor tumanidagi maktablardan birida boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi 8-may kuni o‘zi rahbarlik qilayotgan 4-“G” sinf o‘quvchilari bilan maktab ma’muriyatini ogohlantirmasdan, dars jadvalida birinchi soatda ko‘rsatilgan matematika fani darsini o‘tmasdan o‘zboshimchalik bilan “Xotira va qadrlash kuni”ni nishonlashga uringan.

Bundan xabar topgan maktab ma’muriyati o‘qituvchini dars mahalida bunaqa tadbir o‘tkazishi mumkin emasligi haqida yana bir bor ogohlantirgan. Bu kabi tadbirlar darsdan keyin o‘tkazilishi zarurligini, agar o‘zboshimchalik qiladigan bo‘lsa, o‘qituvchi ishdan bo‘shash uchun ariza yozishi lozimligini bildirgan.

Bundan tashqari, mazkur ta’lim muassasasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 2025-yil 7-may kuni o‘quvchilar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilgani ta’kidlandi.

Bundan avval Poytaxtda maktab direktori o‘quvchining ota-onasi bilan janjallashib, so‘kingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Qashqadaryodagi maktabda direktor va o‘qituvchi ayol soch yulishib janjallashgani xabar qilingandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar