Xorazm viloyat Davlat soliq boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida 40 dan ortiq profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Bu haqda Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi.
Mazkur o‘rganishlar davomida 30 ga noqonuniy harakatlar aniqlanib, holatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, viloyat hududida noqonuniy konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarning huquqbuzarliklariga chek qo‘yilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 20 ga yaqin noqonuniy konsert-tomosha faoliyati, ya’ni rasmiy hujjatlarsiz suxandonlik, raqqosalik, xonandalik va sozandalik bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar faoliyati qonuniylashtirilgan.
Izoh (0)