Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 22 kishiga pasport topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Konstitutsiyaning 93-moddasi 22-bandi, “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunning 17—30-moddalariga muvofiq viloyatning Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va Farg‘ona tumanida fuqaroligi yo‘q shaxslarning arizalari qanoatlantirildi.
“O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sganman. Qirg‘izistonga turmushga chiqdim. Qaytib kelgach, fuqaroligi yo‘q shaxsga aylandim. Bugun pasportda ism-sharifimni o‘qib, ko‘z yoshimni tiya olmadim”, – deydi Farg‘ona tumani Kaptarxona qishlog‘ida yashovchi 70 yoshli Mehmonbibi Shokirova.
Izoh (0)