Kamida 6 kishi Rio-de-Janeyro shahrining g’arbida joylashgan Sidadi-di-Deus favelasida (eng xavfli jamiyat) politsiya tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida o‘ldirildi. Bu haqda Globo telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Uch kishi jarohat olgan.
Maxsus operatsiya politsiyachini o‘ldirganlikda gumon qilinayotganlarni topish va qo‘lga olish maqsadida uyushtirilgan. Politsiya favelada 2 ta vintovka va 4 ta to‘pponcha topilganini ma’lum qilgan.
Politsiya va gumondorlar o‘rtasida vujudga kelgan otishma natijasida “Sariq chiziq” (Linha amarela) tezkor magistral yo‘li 2 soatga yopib qo‘yilgan. Bu yo‘l “TASS” tahririyati joylashgan Barra-da-Tijuka dahasini Antoniu Karlos Jobim nomidagi xalqaro aeroport bilan bog’lab turgan. Yo‘l Rio-de-Janeyroning eng yuqori jinoyatchilik darajasi qayd etilgan bir qancha shimoliy dahalaridan o‘tgan.
Izoh (0)