Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Avaza turistik zonada 2-may kuni bo‘lib o‘tgan “Buyuk Ipak yo‘li — rivojlanishning yangi marralari sari” xalqaro forumidagi chiqishida Markaziy Osiyo uchun Turkiyaga chiquvchi Modal shossesini yaratishni muhokama etishni taklif qildi. Bu haqda SNG.Today nashri xabar bermoqda.
Davlat rahbari transport-logistika sohasidagi hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqishda Turkmaniston BMTning mazkur ishdagi faol ishtirokiga alohida ahamiyat qaratishini ta’kidladi.
“Turkmaniston Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi, Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi hamda Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya tajribasi asosida Markaziy Osiyo uchun Turkiyaga chiquvchi Modal shossesini yaratish imkoniyatini muhokama etishni taklif qiladi”, — deya murojaat qildi davlat rahbari forum ishtirokchilariga.
Izoh (0)