AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat “dunyo politsiyachisi” bo‘lish uchun ortiq katta pul sarflamasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy bilan qo‘shma matbuot konferensiyasida ma’lum qildi, deb yozadi ForumDaily.
“Dunyo politsiyachisi bo‘lishni borgan sari kamroq istamoqdamiz. Biz o‘n yilliklar davomida dunyoda tartibni saqlash uchun katta pullarni sarfladik va bu bizning ustuvor vazifamiz bo‘lmasligi zarur. Biz o‘zimizda tartib o‘rnatishni istaymiz, mamlakatimizni qayta tiklash niyatidamiz”, — dedi Tramp.
U AQSh o‘n yilliklar davomida dunyoda tartibni saqlash uchun ishonish qiyin bo‘lgan miqdordagi pullarni sarflaganligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)