Yangiyerda sobiq poliklinikaning ikki qavatli binosi va unga tegishli hudud sotuvga qo‘yildi. Binoning boshlang‘ich narxi — 619 million so‘m, deb yozadi “Spot”.
Uchastkaning umumiy maydoni — 0,2 gektar, qurilish maydoni — 618 kvadrat metr. Boshlang‘ich to‘lov shartnoma summasining 15 foizini tashkil etadi.
Arizalar 4-iyungacha qabul qilinadi. Ushbu vaqtga qadar birorta ham ariza kelib tushmasa, tanlov qayta e’lon qilinib, u 19-iyunga qadar davom etadi. Bunda boshlang‘ich narx 10 foizga kamaytiriladi.
Izoh (0)