26-aprel kuni Hindistonning Dehli shahridagi Islom madaniyati markazida “O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy merosi” mavzusidagi taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu taqdimot milliy aviakompaniya hamda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va aviatsion imkoniyatlarini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirning 200 nafar ishtirokchisi O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlarga katta qiziqish bildirdi.
Tadbirda O‘zbekiston va Hindistonning yetakchi tur operatorlari bilan birgalikda Hindistondagi Islom universitetlari xodimlari ham ishtirok etdi.
Izoh (0)