Xitoy shimolidagi Shansi provinsiyasi Lishi tumanidagi tog‘ ko‘chkisi oqibatida to‘qqiz kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumat ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq uch kishi halok bo‘lganligi, olti kishi ko‘chki ostida qolganligi xabar qilingan edi.
Hodisa 30-aprel, dushanba kuni Szaolin qishlog‘ida mahalliy vaqt bilan 5:00 atrofida yuz bergan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, shifokorlar jamoalari, shuningdek, mahalliy hukumat vakillari yetib kelgan. Hozirgi vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari deyarli yakunlangan.
Izoh (0)